08:51 / 17.07.2020
6000
Arizona va Texas shtatlarida pandemiya qurbonlarini saqlash uchun muzlatgichli yuk mashinalari yollanmoqda
Foto: Reuters

AQShning Arizona va Texas shtatlarining COVID-19 koronavirusi keng tarqalgan ayrim okruglari kasallik qurbonlarini saqlash uchun muzlatgichli treylerlarga buyurtma bermoqda. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayangan holda Reyter yozmoqda. Boisi, o‘likxonalarning to‘lib ketganligidir. 

Arizona shtatining eng yirik shahri Phoenix joylashgan Maricopa okrugi 280 kishining jasadini saqlab turish va qurbonlar soni o‘sishi ehtimoliga tayyorgarlik sifatida 14ta treylerni olib kelgan.

Texasning San Antonio shahri va Bexar okrugi 5ta muzlatgichli treylerni olib kelgan. Ularda 180 kishining jasadi saqlanadi. 

New York shahri aprel oyida COVID-19 qurbonlari soni kuniga 700dan ortib ketganida xuddi shu kabi yuzlab muzlatgichli treylerlardan foydalangandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top