16:08 / 17.07.2020
14101

Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonning janubi-sharqiy hududlariga Turkmanistondan bulutli havo oqimlari kirdi. Markaziy, janubiy va sharqiy tumanlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Mamlakat shimoli va cho‘l zonasida havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» rasmiy saytida yozilgan.

Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, dam olish kunlari butun respublika hududiga janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Kunduzi harorat 39-42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. «Bu yoz avji uchun me'yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir», deyiladi «O‘zgidromed» axborotida.

Top