21:49 / 17.07.2020
3473
Dunyo bo‘yicha bir hafta ichida 1,6 mln kishi koronavirus yuqtirdi. Bu pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropadagi ayrim mamlakatlar hukumatlari koronavirusning ikkinchi to‘lqini to‘g‘risida gapirmoqda va cheklov choralariga qaytmoqda.

Foto: Bloomberg

Bir hafta ichida dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 1,6 mln kishiga ko‘paydi. Bu pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori o‘sish hisoblanadi – bir oy avval bu ko‘rsatkich haftasiga 1 mln atrofida, may oyida esa 600 mingdan oshmayotgandi.

Koronavirus geografiyasi o‘zgarmoqda: Amerika va Osiyo epimarkaz bo‘lib qolmoqda, ammo Afrika janubi, Sharqiy va Janubiy Yevropada vaziyat yomonlashmoqda.

Yevropadagi ayrim mamlakatlar hukumatlari koronavirusning ikkinchi to‘lqini to‘g‘risida gapirmoqda va cheklov choralariga qaytmoqda.

Shu bilan birga, shartli o‘lim darajasi (yakuniysi pandemiya tugaganidan so‘ng aniq bo‘ladi) minimal – 4,3 foizga pasaydi. Koronavirus oqibatida dunyo bo‘yicha jami 590 mingga yaqin kishi vafot etdi.

Sog‘ayganlar soni ham o‘smoqda – bir hafta ichida qariyb 1 mln bemor tuzalgan. Pandemiya boshlanganidan beri esa 7,7 mln kishi – kasallikka chalinganlarning 56 foizi sog‘aygan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top