21:34 / 17.07.2020
2371
Isroilda restoran va sport zallari yana yopildi. Dam olish kunlari savdo markazlari ishlamaydi

Cheklovlar qachongacha davom etishi ma'lum qilinmagan.

COVID-19ga chalinish o‘sishi sababli Isroilda 17 iyuldan boshlab sport zallari yopiladi, restoran va oshxonalar faoliyati cheklanadi. Bu haqda mamlakat hukumatining farmoyishida aytilmoqda.

Ovqatlanish muassasalari faqat taom yetkazib berish uchungina ishlaydi, sport zallari esa faqat professional sportchilar uchun ochiladi.

Bundan tashqari, binolar ichida o‘n va tashqarida 20 nafardan ortiq kishining to‘planishi taqiqlanadi.

Dam olish kunlari qo‘shimcha cheklovlar kiritiladi: barcha nooziq-ovqat do‘konlari va savdo markazlari yopiladi, plyajga borish taqiqlanadi.

Shuningdek, sartaroshxonalar, muzeylar, ko‘rgazma zallari, basseynlar ham dam olish kunlari ishlamaydi.

Cheklovlar qachongacha davom etishi ma'lum qilinmagan.

Isroilda iyul o‘rtalariga kelib kuniga ikki mingta koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilmoqda.

Isroil COVID-19 epidemiyasi sababli kiritilgan cheklovlarni may o‘rtalaridan bekor qilishni boshlagandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top