19:18 / 17.07.2020
7625

Karantin paytida haydovchilik guvohnomalari qanday almashtirilishi bo‘yicha izoh berildi

Davlat xizmatlari markazi matbuot xizmati karantin vaqtida haydovchilik guvohnomasini qayerda almashtirish mumkinligi bo‘yicha izoh berdi.

«O‘rnatilgan karantin choralari sababli Milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish xizmatini ko‘rsatishda ayrim cheklovlar mavjud. Bugungi kunda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunasiga almashtirishni Toshkent shahrida Shayxontohur, Chilonzor, Yunusobod va Yashnaobod tuman Davlat xizmatlari markazi, Qashqadaryo viloyatida Shahrisabz tumani, Namangan viloyatida Namangan shahri, Farg‘ona viloyatida Farg‘ona shahridagi Davlat xizmatlari markazida amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun eski haydovchilik guvohnomasi, taloni, pasport talab etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 319-son qaroriga muvofiq, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini haqiqiy emas deb hisoblash muddati 2022 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi», degan DXA matbuot xizmati rahbari Sevara Zokirova AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Top