03:31 / 17.07.2020
14691
Messi: «Real» munosib chempion bo‘ldi, biz bu ketishda «Napoli»ga ham yutqazamiz»
Foto: Getty Images

«Barselona» sardori Lionel Messi La Liga 37-turidan o‘rin olgan «Osasuna»ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirar ekan «Real» munosib tarzda chempionlikni qo‘lga kiritganini aytdi.

«Real» o‘z ishini qildi. Restartdan keyin birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi («Real» mavsum tiklangach 5ta o‘yinning barchasida g‘olib bo‘ldi) – bu munosib natija. Ammo biz ham qo‘limizdan kelganicha kurashdik. O‘zimizga tanqidiy ko‘z bilan qarashimiz kerak, hamma futbolchilar. Biz –«Barsa»miz va har o‘yinda g‘alaba uchun o‘ynashimiz kerak.

«Roma», «Liverpul»... Muxlislarning sabri tugayapti, chunki biz ularga hech nima bera olmayapmiz. YeChL uchun kurashishni xohlasak, bizda ko‘p narsa o‘zgarishi kerak. Hammasi shu ketishda davom etsa, biz «Napoli»ga ham yutqazamiz», dedi Messi o‘yindan keyin.

Ma'lumot uchun, «Barselona» 2014 yildan buyon ilk marta na chempionlikni va na Ispaniya kubogini qo‘lga kirita olmadi. Jamoada bu mavsumda g‘olib bo‘lish uchun faqat YeChLda imkoniyat qoldi.

Top