20:49 / 17.07.2020
16209

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i vafot etdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Qonun hujjatlarini va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta'sirini baholash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Sanjar Abduqodirov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

«Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘zining yetuk va tajribali mutaxassisidan ayrildi… Kimgadir aka, uka, do‘st va hamkasb bo‘lgan yaqin qadrdonimiz biz sizni sog‘inamiz! Ilohim ohiratingiz obod bo‘lsin!», deyiladi qo‘mita xabarida.

Sanjar Abduqodirov 1980 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Namangan muhandislik iqtisodiyoti instituti va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ko‘p yillar davomida Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, Davlat mulki qo‘mitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida ishlagan.

Top