11:23 / 17.07.2020
4317
OAV: AQSh Xitoy kommunistik partiyasining barcha a'zolariga sanksiya kiritishi mumkin
Foto: REUTERS/Aly Song/File Photo

Tramp ma'muriyati Xitoy kommunistik partiyasiga a'zolar va ularning oila a'zolarining Qo‘shma Shtatlarga sayohat qilishiga taqiq joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reyter agentligi vaziyatdan xabardor manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda. Bu esa, ikki mamlakat o‘rtasidagi shundoq ham tarang munosabatlarni yanada keskinlashtirishi mumkin. 

Yuqori lavozimli mas'ullar bu borada dastlabki muhokamalarni o‘tkazmoqda va yakuniy qaror qabul qilish uchun taklif prezident Donald Trampga olib kirilmagan, degan manba, nomini oshkor qilmaslik sharti bilan. 

Dastlab The New York Times nashri tomonidan e'lon qilingan mavzu 10 millionlab xitoyliklarga viza berishni taqiqlashni nazarda tutadi. Bu esa, Vashingtonning Xitoyga nisbatan eng og‘ir bosimlaridan biri bo‘lishi va Pekin bilan yangi sovuq urushiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Bunday taqiq Xitoy kommunistik partiyasining yuqori va quyi pog‘onadagi a'zolari baravar joriy qilingudek bo‘lsa, amerikaliklarning Xitoyga taqiqini joriy qilish bilan bog‘liq qarshi harakatlarga ham sabab bo‘lishi ehtimol. Bunday holat ro‘y bersa, AQShning Xitoydagi biznes manfaatlariga katta zarar yetkazishi ehtimol, deyiladi xabarda. 

Xitoy TIV rasmiy vakili Hua Chunying bu xabarni izohlar ekan, agar rost bo‘lsa, “achinarli” ekanini ta'kidladi. 

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo qisqagina javob berib, “prezident yetakchiligida Xitoy kommunistik partiyasiga qarshi choralar o‘ylab ko‘rilayotganini” bildirdi. 

Oq uy matbuot kotibi Kayleigh McEnany o‘z navbatida “Xitoyga doir har qanday imkoniyat ko‘rib chiqilayotganini” ta'kidladi. 

Top