03:32 / 17.07.2020
6688
Serbiya va Chernogoriya fuqarolari Yevroittifoq hududiga kiritilmaydi
Foto: DPA

Xitoy fuqarolari yevropaliklarga Xitoyga kirishga ruxsat berilgan taqdirdagina Yevroittifoq hududiga erkin kirishlari mumkin bo‘ladi.

Endilikda Serbiya va Chernogoriya fuqarolari  Yevroittifoq hududiga kira olmaydi. Bunga ushbu mamlakatlarda koronavirus yuqtirish holatlari o‘sgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Bundan buyon YeI hududiga faqat 12 mamlakat – Jazoir, Avstraliya, Kanada, Gruziya, Yaponiya, Marokash, Yangi Zelandiya, Ruanda, Janubiy Koreya, Tailand, Tunis va Urugvay fuqarolari kira olishi mumkin, deb ma'lum qildi Yevroittifoq kengashi. 

Xitoy ham xavfsiz mamlakatlar hududidan o‘rin olgan, ammo bu mamlakat fuqarolari yevropaliklarga Xitoyga kirishga ruxsat berilgan taqdirdagina Yevroittifoq hududiga erkin kirishlari mumkin bo‘ladi.

Bryussel xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatini yana ikki haftadan keyin yangilaydi.

Iyul boshlarida YeI 14 mamlakat fuqarolariga Yevroittifoq hududiga kirishga ruxsat bergandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top