01:01 / 18.07.2020
107281
7 hududda yangi holatlar aniqlandi. Kunlik o‘sish 500dan oshiq bo‘ldi

17 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 541 holat qayd etildi va jami holatlar soni 15607taga yetdi. Bugun 220 bemor tuzalib, shu vaqtgacha sog‘ayib chiqqanlar soni 9003tani tashkil etmoqda.

«Shu yilning 17 iyul kuni mamlakatimizda 541 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 170 nafari Karantin muassasalarida, 371 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun respublikaning 7 hududida yangi holatlar aniqlangan.

Karantin markazi (+170)
Xorijdan kelgach Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar orasida 170 holat aniqlandi. 

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olinganlar (+371)

  • Toshkent shahrida 191 nafar
  • Andijon viloyatida 49 nafar
  • Samarqand viloyatida 47 nafar
  • Sirdaryo viloyatida 35 nafar
  • Surxondaryo viloyatida 21 nafar
  • Namangan viloyatida 14 nafar
  • Qoraqalpog‘istonda 14 nafar

Tuzalganlar (+220)

  • Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 94 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 42 nafar;
  • Samarqand viloyatida 34 nafar;
  • Andijon viloyatida 30 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 13 nafar;
  • Namangan viloyatida 6 nafar;
  • Jizzax viloyatida 1 nafar.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 15607 nafar bemordan 9003 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 57 foizni tashkil etmoqda.

Bugun Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida jami 4 o‘lim qayd etildi va jami o‘limlar soni 79taga yetdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6525 nafar bemordan 70 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 60 211 nafar, statsionar karantinda esa 22 061 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top