11:30 / 18.07.2020
34427
AQShda qora o‘lat yuqtirib olgan inson aniqlandi

AQShning Kolorado shtatida yashovchi insonda qora o‘lat aniqlandi, deb xabar berdi Denver Post gazetasi.

Foto: Reuters

Bu 2015 yildan beri yuz bergan ilk holat bo‘lib, kasallik olmaxondan yuqqanligi taxmin qilinmoqda. Hozirgi vaqtda bu inson sog‘ayib ketgan. Shifokorlar esa xavotirga o‘rin yo‘q deb hisoblashmoqda.

14 iyul kuni Kolorado shtatida qora o‘latdan zararlangan olmaxon aniqlangan edi. U shtat poytaxti Denver yaqinidagi Morrison shahrida  o‘ta xavfli yuqumli kasallikning ilk tashuvchisi sifatida qayd etilgan.

Shifokorlarning ta'kidlashicha, xavfsizlik choralariga amal qilinsa, kasallikni yuqtirib olish ehtimoli juda kam, epidemiyaning avj olishi haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi.

Iyul oyining boshida G‘arbiy Mo‘g‘ulistonda qora o‘lat tarqalib ketgani ma'lum bo‘lgan edi. 27 yoshli erkak va yoshi ko‘rsatilmagan ayol kasallik alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Ayolning ahvoli juda og‘irligi, kasallik alomatlari paydo bo‘lganidan keyin u bilan bevosita 60 odam, bilvosita 400 odam kontaktda bo‘lgani xabar berildi. Kasallik yuqishiga ikkalasining ham sug‘ur go‘shtini iste'mol qilgani sabab bo‘lgan.

Top