15:53 / 18.07.2020
1660
Avstraliya parlamenti COVID-19 sababli avgust oxirigacha faoliyatini to‘xtatdi

 Avstraliyaning poytaxt hududida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida. Ammo Melburn va Sidney kabi yirik shaharlarda kasallik tarqalishi qayd etilmoqda.

Foto: AFP

 Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli Avstraliya parlamenti kamida 24 avgustgacha faoliyatini to‘xtatdi.

"Parlament yig‘ilishlarida xavf yuqori bo‘lib qoldi va muammo kelasi oyda bartaraf bo‘ladiganga o‘xshamayapti", - dedi Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison.

Mamlakatning bosh muxolif partiyasi - Avstraliya leyboristlar partiyasi hukumatning bu qaroriga qo‘shildi, ammo hukumatning iqtisodiyot sohasidagi choralari bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emasligini tanqid qildi.

Ta'kidlanishicha, Avstraliyaning poytaxt hududida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida. Ammo Melburn va Sidney kabi yirik shaharlarda kasallik tarqalishi qayd etilmoqda. Melburnda o‘tgan sutkada 217ta holat aniqlangan.

Avstraliyada jami 11,4 ming koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, 118 kishi vafot etgan.

Top