03:22 / 18.07.2020
19283
Toshkent shahrida tuman hokimlari aholiga murojaat qildi. Sektor shtablari telefon raqamlari berildi

Toshkent shahrining bir qator tumanlari hokimlari hudud aholisiga murojaat qilib, koronavirus tarqalishi bo‘yicha tuman darajasida olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot berdi.

Foto: KUN.UZ

Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayevga ko‘ra, tumandagi barcha dorixonalarda narxlar barqarorligi ta'minlanmoqda.

«Tumanda talab yuqori bo‘lgan 61 turdagi dorini jamlagan zaxira tashkil etilmoqda. Hududdagi 135ta dorixonada narxlar barqarorligi tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Shuningdek, «Farhod» dehqon bozori tomonidan mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Tumandagi sektorlar tomonidan barcha oilaviy poliklinikalar karantin davrida otaliqqa olinib, shifokorlarni rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yildi», dedi u.

Uchtepa tumani sektor shtablari telefon raqamlari:

1-sektor: (71) 275-74-13
2-sektor: (71) 276-43-92
3-sektor: (71) 231-94-00
4-sektor: (99) 997-26-10

Tibbiy maslahat berishga qaratilgan tuman maslahat markazining qisqa raqami: 1073

Bektemir tumani hokimi Shohrux Mamajanovning qayd etishicha, ayni kunlarda tuman aholisi tomonidan tibbiyot muassasalariga murojaatlar soni 3 baravarga ko‘paygan.

«Tuman aholisi orasida kasallik simptomsiz kechayotgan bemorlarni uydagilaridan izolyatsiya qilish uchun 1ta yotoqxona, 3ta mehmonxona – jami 200 o‘rinli joy tayyorlangan.

Agar biron tibbiyot xizmatchisi tomonidan davolanish uchun ketgan xarajatlar haqidagi hujjatlarga qo‘l qo‘yishni talab qilish holatlari uchrasa, hokimlik qoshidagi maxsus shtabga murojaat qilishingizni so‘raymiz», – deydi Shohrux Mamajanov.

Maxsus shtab raqami: (71) 295-04-05, 146-60-66

Tibbiy savollar bo‘yicha ma'lumot olish uchun: 1134

Shuningdek, Olmazor, Yakkasaroy, Chilonzor tumanlari hokimlari aholisi karantin davrida kerakli ma'lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan ishonch telefonlarini ma'lum qilishdi.

Olmazor tumani:

1-sektor: (97) 101-20-34
2-sektor: (99) 111-42-07
3-sektor: (99) 914-02-01
4-sektor: (98) 361-23-03
Tibbiy maslahat olish uchun qisqa raqam: 1070

Chilonzor tumani:

1-sektor: 71-270-00-71
2-sektor: 71-277-10-28
3-sektor: 71-230-17-16
4-sektor: 71-276-28-39

Tuman hokimligi qoshidagi maxsus shtab: 71-276-11-00

Tibbiy tavsiyalar olish uchun qisqa raqam: 1056

Yakkasaroy tumani:

1-sektor: (71) 250-10-68
2-sektor: (71) 250-13-01
3-sektor: (71) 255-46-89
4-sektor: (71) 255-45-68

Avvalroq Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Sergeli tuman hokimlari ham aholiga murojaat qilib, hududdagi ishonch telefonlari haqida ma'lumot bergan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top