16:05 / 19.07.2020
15401

4 foizlik qo‘shimcha grant uchun 19 mingga yaqin xotin-qizga tavsiyanoma berildi

Bugun, 19 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva 4 foizlik qo‘shimcha grant uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar sonini ma'lum qildi.

Vazirlik rasmiysining ta'kidlashicha, 10 iyulga qadar 32 ming 98 nafar xotin-qizlar tavsiyanoma olish maqsadida hududiy tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga murojaat qilgan. Murojaat qilgan xotin-qizlarning 22 ming 900 nafarining hujjatlari joylardagi Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda qabul qilib olingan.

«9 ming 197 nafar murojaatga ishchi guruhlar tomonidan shu kunning o‘zida og‘zaki tushuntirishlar berilgan. 4 ming 272 nafar xotin-qiz tomonidan taqdim qilingan hujjatlar belgilangan mezonlarga to‘g‘ri kelmagani uchun ularga rad etilish asoslari ko‘rsatilgan xulosalar yuborilgan», deya ma'lumot berdi Saodat Boymirzayeva.

Qayd etilishicha, 18 ming 628 nafar xotin-qizga mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tomonidan tegishli tartibda tavsiyanomalar berilgan.

Hududlar kesimida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasidan — 1370 nafar;
  • Andijon viloyatidan — 1418 nafar;
  • Buxoro viloyatidan — 836 nafar;
  • Jizzax viloyatidan — 924 nafar;
  • Navoiy viloyaidan — 762 nafar;
  • Namangan viloyatidan 1898 nafar;
  • Samarqand viloyatidan 1833 nafar;
  • Surxondaryo viloyatidan 1681 nafar;
  • Sirdaryo viloyatidan 828 nafar;
  • Farg‘ona viloyatidan 1901 nafar;
  • Toshkent viloyatidan 1142 nafar;
  • Xorazm viloyatidan 1325 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatidan 2027 nafar;
  • Toshkent shahridan 683 nafar xotin-qizga tavsiyanoma berilgan.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar ro‘yxati 17 iyul kuni Davlat test markaziga taqdim etilgan.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top