09:19 / 19.07.2020
14380
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 600 mingdan oshdi

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, o‘limlarning aksar qismi AQSh, Braziliya va Buyuk Britaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

© AP Photo/Pavel Golovkin

Dunyoda koronavirusning yangi turidan zararlanish oqibatida halok bo‘lganlar soni 600 435 nafarga yetdi. Jons Hopkins universiteti jahon mamlakatlarining federal va mahalliy hukumatlari ma'lumotlari asosida umumiy statistikani yangiladi.

Unga ko‘ra, o‘limlarning asosiy qismi AQSh (139,9 mingdan oshiq), Braziliya (78,7 mingdan oshiq) va Buyuk Britaniya (45,3 mingdan oshiq) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ayni vaqtgacha dunyoda koronavirus aniqlanish holatlari soni 14,2 milliondan oshib ketgan.

Koronavirus bilan kasallanish holatlarining aksariyati AQSh (3,6 milliondan ortiq), Braziliya (2,04 million), Hindiston (1,039 million), Rossiya (758 ming) hamda Peru (345 ming) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, Covid-19 bilan kasallanish holatlari eng ko‘p qayd etilgan 10 ta davlat qatoridan quyidagi mamlakatlar ham o‘rin olgan:

  • Janubiy Afrika — 337,5 ming;
  • Meksika — 331 ming;
  • Chili — 326 ming;
  • Buyuk Britaniya — 394,8 ming;
  • Eron — 269 ming.

Koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq ilk holatlar 2019 yil oxirida  Xitoyning markaziy qismida qayd etilgan va 2020 yil fevralidan butun dunyo bo‘ylab tarqala boshlagan. Mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uni pandemiya deb tan olgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top