14:36 / 19.07.2020
15070

Samarqand viloyatiga bosh soliqchi tayinlandi

Aloviddin Inog‘omov Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

DSQ axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Inog‘omov Aloviddin Xusniddinovich 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2002 yilda Toshkent soliq kollejini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 

U bunga qadar Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Bundan bir oy muqaddam, Elyor Tolliyev Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top