07:49 / 20.07.2020
4093
Jo Bayden mashhurlik borasida Donald Trampdan 15 foiz oldinda
Foto: Sergey Supinski / AP Photo / Pool Photo

AQShning sobiq vitse-prezidenti va prezident saylovlarida demokratik partiyadan eng ehtimolli nomzod Jo Bayden amaldagi davlat rahbari Donald Tramdan mashhurlik borasida 15 foiz oldinda bormoqda.

Bu hol Washington Post nashri hamda ABC News telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarda oydinlashgan, deb yozadi RIA Novosti.

So‘rov qatnashchilariga agar saylov shu kunlarda bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa kimga ovoz bergan bo‘lar edingiz, degan savolga javob berish so‘ralgan. Ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilar o‘rtasida Baydenning reytingi 55 foizni tashkil etgan, Trampniki esa 40 foiz.

So‘rovnoma 12–15 iyul kunlari telefon orqali tasodifiy tanlash yo‘li bilan 1006 nafar voyaga yetgan amerikaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan, ularning orasida 845 nafari ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilar bo‘lgan. So‘rovning statistik xatoligi — plyus-minus 3,5 foiz punktiga teng.

Top