15:29 / 20.07.2020
54601

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Butun ish haftasi mobaynida O‘zbekiston hududida ob-havo issiq va quruq bo‘ladi, faqat bugun va ertaga respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat bu kunlarda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi, respublikaning ayrim joylarida (asosan, bu mamlakatning janubiy va cho‘l zonalari) termometr ustunchasi 42 darajaga yetadi, bu me'yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga yuqoridir.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, harorat fonining yuqori bo‘lishiga qaramasdan, bu mintaqa uchun anomal harorat emas. Masalan, 2018-2019 yillarda xuddi shu davrda kunduzgi harorat 40-43 darajagacha yetgan. Respublika shimoli va cho‘l zonasida harorat qiymatlari 44-46 daraja bo‘lgani qayd etilgan. 

Shu davr uchun eng yuqori harorat Navoiy viloyatidagi Buzauboy meteostansiyasida 2019 yil 20 iyulda qayd etilgan, o‘shanda havo harorati termometr ustunchasining 47,7 daraja ko‘rsatkichida to‘xtagan.

Top