16:00 / 20.07.2020
10995

Samarqandda Lacetti va DAF to‘qnashdi, halok bo‘lganlar bor

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 19 iyul kuni soat taxminan 06:30da Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 43-km.da haydovchi, 38 yoshli A.Z. boshqaruvida bo‘lgan DAF Te 95XF rusumli avtomashinasini Buxoro yo‘nalishidan Toshkent yo‘nalishi tomonga boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda yo‘lning qarama-qarshi tomondan harakatlanib borayotgan haydovchi, 31 yoshli F.X.ning boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi A.Z. bilan yo‘lovchisi, 24 yoshli E.R. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar, transport vositasini hushyor va sergak holatda boshqarishingizni, amaldagi “Yo‘l harakati qoidalariga” qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top