08:44 / 20.07.2020
5439

Xususiylashtirish: ijaraga oluvchi kamroq to‘laydi

Ijaraga olingan davlat mulki obektini xususiylashtirish natijasida sotib olgan ijaraga oluvchining oxirgi bir yarim yil davomidagi ijara uchun ayrim xarajatlari hisoblanadi (425-son VMQ).

Hisoblash miqdori xususiylashtirish usuliga bog‘liq:

olinayotgan mulkning xarid qiymatini to‘lagan holda – xarid qiymatining umumiy narxidan 25 foizdan oshmagan miqdorda;

«nol» xarid qiymati bo‘yicha – xarajatlar investitsiya majburiyatlari miqdoriga nisbatan to‘liq hisoblanadi.  
 
Norma’ning yozishicha, ijaraga oluvchi tomonidan oxirgi 18 oy davomida ijara obektida joylashgan bino va inshootlarning, boshqa asosiy vositalarning modernizatsiyasiga va kapital ta'mirlash uchun amalga oshirilgan, ushbu obektda yangi ish joylarini yaratishga xizmat qilgan xarajatlar haqida so‘z bormoqda. Bunda balansda saqlovchiga ajratiladigan ijara to‘lovi miqdorini pasaytirish hisobiga qoplangan xarajatlar chegiriladi.
 
Hisoblashdan foydalanish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:

auditorlik va baholash tashkilotlari, Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari xulosalari;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tegishli tuman bo‘linmasining ma'lumoti.  
 
Davlat mulki obektlarini tanlov savdolarida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki obektlarining oldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli qo‘shimchalar kiritildi.
 
Hujjat 7.07.2020 yildan kuchga kirgan.

Top