21:54 / 21.07.2020
2515
Nima uchun bolalarni bog‘chaga joylashtirish uchun arizalar qabul qilinmayotganiga izoh berildi

Ma'lum bo‘lishicha, bog‘achaga qabul qilish bo‘yicha Yagona portal orqali elektron ariza yubori bo‘lmayapti, shuningdek, davlat xizmatlari markazlarida mazkur xizmat ko‘rsatilmayapti.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga joylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza yuborish xizmati ishlamayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Bugungi kunda tizim takomillashtirilayotganligi bois, ushbu xizmatdan foydalanishning imkoni mavjud emas (shu jumladan Davlat xizmatlari markazlari orqali ham).

Xizmat qayta ishga tushirilganda, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan bu haqida rasmiy sahifalar orqali qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi», deydi Davlat xizmatlari agentligi direktorining matbuot kotibi Sevara Zokirova.

Qayd etilishicha, Yagona portaldagi nosozliklar yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi hamda Yagona integrator UZINFOCOMning Telegram’dagi boti orqali murojaat qilish mumkin.

Top