12:05 / 21.07.2020
4967
Pandemiya davrida O‘zbekistondagi fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarda ommalashgan murojaatlar turi ma'lum qilindi

Joriy yilning olti oyi davomida fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan jam 92 mingdan ziyod fuqarolik ishlari ko‘rib chiqildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan mos davrga nisbatan qariyb mingtaga oshgan.

Oliy sud axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, yil boshidan buyon qarz va kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarida eng ko‘p ko‘rilgan masala (20 ming 403ta) bo‘ldi. Shuningdek, nikohdan ajratish (19 ming 74ta), o‘zboshimcha yoki uy-joy qurilishlarni buzdirishi masalasi (13 ming 747ta) ham e'tiborda bo‘ldi. 

«Hisobot davrida respublikamiz sudlari tomonidan jami 30 ming 424ta, 39 milliard 878 million 717 ming 632 so‘mlik (shundan voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talablar bo‘yicha 18 ming 160ta) sud buyruqlari chiqarilgan bo‘lib, bu 2019 yilning birinchi yarmiga nisbatan 8 ming 206taga kamaygan», - deyiladi Oliy sud hisobotida.

Yil boshidan buyon olti oy davomida 67 ming 488ta da'vo qanoatlantirilgan, 10 ming 368ta da'vo asossiz deb topilib rad qilingan, shuningdek, 4 ming 30tasi bo‘yicha ish yuritish tugatilgan, yana 10 mingdan ortiq ariza ko‘rmasdan qoldirilgan.

Hisobot davrida nikohdan ajratish bo‘yicha ishlarning faqat 11 ming 573tasi qanoatlantirilgan, 6 ming 727ta ish bo‘yicha da'vo rad etilgan.

«Hozirgi kunda qoldiqda bo‘lgan mazkur toifadagi 11 ming 611ta ishdan 7 ming 231tasi bo‘yicha taraflarga o‘zaro yarashishlari uchun sudlar tomonidan muddat berilgan», - deyiladi hisobotda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top