07:55 / 22.07.2020
5194

Axborot va kiberxavfsizlik ta'minlangan tashkilotlar Top-10taligi aniqlandi

Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash reytingi aniqlandi. 

Reyting Kiberxavfsizlik markaziga davlat organlari tomonidan axborot va kiberxavfsizlikni monitoring qilish tizimi doirasida taqdim etilayotgan ma'lumotlar asosida baholandi

Kuni kecha 2020 yil II choragi bo‘yicha monitoring natijalari chop etildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 
Eng yuqori reytingdagi tashkilotlar Top-10taligiga Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, qator bank va boshqa tashkilotlar, jumladan, joylardagi ijro hokimiyati organlari kirdi. 

Adliya vazirligi mazkur reytingda 89,7 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Bildirilishicha, Adliya vazirligiga O‘zbekiston Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (Lex.uz), Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (Project.gov.uz), me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (Regulation.gov.uz), “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (E-notarius.uz), nodavlat notijorat tashkilotlari portali (E-ngo.uz), Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz), “Intellektual mulk” axborot-qidiruv tizimi singari va boshqa yirik axborot resurslari tegishli.  

Top