15:00 / 22.07.2020
2412
Chet el fuqarolari davolanish uchun yana Turkiyaga borishlari mumkin

Turkiyada chegaralar ochilishi munosabati bilan Istanbulda joylashgan va AQShdagi dunyoga mashhur Johns Hopkins Medicine shifoxonasi homiyligida ishlaydigan Anadolu tibbiyot markazi yana chet eldan bemorlarni qabul qilishni boshladi. Biz bemorlarni yana davolanish uchun qabul qilishga va barcha muhtojlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyormiz.

«Pandemiya davrida bizning tibbiy muassasamiz normal ishlashda davom etdi, - dedi Anadolu tibbiyot markazi koordinator shifokori Go‘zal Keskin. – Biroq, mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralar yopilishi va xalqaro reyslarning bekor qilinishi sababli, afsuski, chet ellik bemorlar kela olishmadi. Vaziyat bir muncha barqarorlasha boshlagan va Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi reyslar qayta boshlanganligi sababli, biz davolanish uchun bemorlarni qabul qilinishga va barcha muhtojlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyormiz».

«Anadolu» vakillarining so‘zlariga ko‘ra, klinika Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoya qilish uchun eng jiddiy xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda. Xususan, tibbiy markaz doimiy ravishda xonalarni dezinfeksiya qiladi, maxsus shamollatish va havo filtrlash tizimidan foydalanadi. Kirish joyida barcha tashrif buyuruvchilar harorati o‘lchanadi va kerak bo‘lganda niqoblar beriladi. Bundan tashqari, klinikada ijtimoiy masofa saqlanadi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori bilan Anadolu tibbiyot markazining onkologiya bo‘limiga boshqa turk klinikalaridan farqli o‘laroq, koronavirusli bemorlar bu yerga davolanish uchun yuborilmaydi. Shunday qilib, bemorlar xavfsiz sharoitlarda va xavfsizlik choralari kuchaygan holda tibbiy yordam oladilar.

– Onkologiya kabi ko‘plab jiddiy kasalliklar koronavirus pandemiyasining tugashini kuta olmaydi. Shuning uchun biz bemorlarga davolanishni kechiktirmaslikni maslahat beramiz. Ammo shu bilan birga, albatta ular xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari kerak, chunki surunkali kasalliklarga chalingan odamlar xavf ostida, - deydi doktor Go‘zal Keskin.

Hali ham chet elga chiqa olmaydiganlar uchun Anadolu tibbiyot markazi onlayn-maslahatlarni taklif etadi. Bemorlar uydan chiqmasdan, yetakchi xorijiy mutaxassislar bilan kasallik va zarur davolanish haqida maslahat olishlari, shuningdek, barcha qiziqtirgan savollarga video havolasi yoki telefon orqali javob olishlari mumkin.

Bundan tashqari, tibbiy muassasada «ikkinchi fikr» kabi xizmat ko‘rsatiladi - yuborilgan kasallik tarixiga asoslangan shifokorlarning sirtqi maslahati. Turk shifokorlari tibbiy hisobotlarni mutlaqo bepul ko‘rib chiqadilar va tavsiya etilgan davolanish haqida o‘zlarining mustaqil fikrlarini bildiradilar. Buning yordamida bemorlar o‘zlarining tashxislarini va davolanishning to‘g‘riligini yetakchi chet ellik mutaxassislar bilan tekshirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Anadolu tibbiyot markaziga kelish yoki shifokorlar tomonidan masofadan maslahat olish uchun siz klinikaning rus va o‘zbek tillarida gaplashadigan xalqaro bo‘lim mutaxassislari bilan +90 530 954 30 22 (Telegram, Whatsapp) yoki www.anadolumedicalcenter.ru veb-sayti orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Ma'lumot: Anadolu Tibbiyot Markazi – bu Istanbulda zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatadigan va turli xil tibbiyot sohalarida tajribali shifokorlardan iborat zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikadir. Uning asosiy mutaxassisliklari: onkologiya, radiatsiya terapiyasi, suyak iligi transplantatsiyasi, neyroxirurgiya, robot jarrohligi, kardiologiya va yurak xirurgiyasi, urologiya, ginekologiya, IVF va boshqalar.

Anadolu klinikasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u AQShning dunyoga mashhur Johns Hopkins Medisine kasalxonasiga tegishli. Ushbu hamkorlik tufayli u yuqori Amerika standartlariga javob beradi va dunyodagi yetakchi tibbiyot muassasalari bilan tenglasha oladi. 2019 yilda tibbiyot markazi tibbiy turizmning sifatini baholash xalqaro ittifoqi ma'lumotlariga ko‘ra dunyodagi eng yaxshi klinikalar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Reklama huquqi asosida

Top