08:06 / 22.07.2020
5668
Gulistonda o‘z farzandini 17 000 dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi

Holat yuzasidan Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xabariga ko‘ra, 21 iyul kuni “maxsus xaridor” sifatida ishtirok etgan tezkor xodim M.X.ga 1995 yilda Guliston tumanida tug‘ilgan fuqaro A.O‘. 15 iyulda tug‘ilgan farzandi O‘.L.ni 17.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, Guliston shahri, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, “Shohrux” mehmonxonasi oldida farzandi L.O‘.ni “maxsus xaridor”ga bergan.

Qayd etilishicha, u evaziga kimyoviy ishlov berilgan 17.000 AQSh dollarini olib, bu haqda tilxat yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top