12:00 / 22.07.2020
4417
«Do‘stlikdonmahsulotlari» o‘z rejalarini ma'lum qildi va faoliyati bilan tanishtirdi

Bu yil mamlakatimiz dehqonlari g‘alla hosilidan yuqori natijalarga erishdilar. Ularning bu yutuqlariga urug‘lik don yetkazib beradigan donni qayta ishlaydigan korxonalarning ham hissasi katta. Shuningdek, yetishtirilgan mo‘l hosil o‘rilganidan so‘ng, uni omborlarga qabul qilish, quritish va saqlashda «O‘zdonmahsulot» AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning hissasi beqiyos. Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan «Do‘stlikdonmahsulotlari» AJ korxonasi ham dehqonlarga sifatli urug‘lik, xalqimizga esa sifatli un mahsulotlari yetkazib berib kelayotgan korxonalardan biri hisoblanadi.

G‘alla o‘rimi mavsumida ushbu korxonada ish qizg‘in bo‘ldi. Bu korxonaga keltirilgan g‘alla peshma-pesh quritilib, omborlarga joylandi.

Shuningdek, pandemiya sharoitida xavfsiz ishlab chiqarishni tashkillashtirish maqsadida korxonada qator choralar ko‘rilmoqda. Tibbiyot xodimlari ichkariga kirib kelayotgan har bir haydovchi va boshqa ishchilarning haroratini tekshirishayapti. Shuningdek, antiseptik vositalar bilan qo‘llarni tozalab kirish tashkil etilgan.

«Do‘stlikdonmahsulotlari» kombinati 1987 yilda qurib ishga tushirilgan. O‘shanda uning elevator sexi 62,1 tonna g‘alla saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Shundan so‘ng ushbu korxona yillar davomida bosqichma-bosqich rivojlanib kelavergan.

1990 yilda sutkasiga 250 tonna omixta yem ishlab chiqaradigan majmua ishga tushirilgan.

1991 yilda sutkasiga 300 tona un chiqaradigan tegirmon foydalanishga topshirilgan.

1995 yilda kombinat «Do‘stlikdonmahsulotlari» AJga aylantirilgan.

2001 yilda sutkasiga 25 tonna arpa yorma sexi ishga tushirilgan.

Bugun «Do‘stlikdonmahsulotlari» AJ tarkibida uchta don qabul qilish shoxobchalari bor. Jumladan, Arnasoydagisi 30 ming tonna, Do‘stlikdagi 43,8 ming tonna, Mirzacho‘ldagisi 42,6 ming tonna g‘alla qabul qilish imkoniyatiga ega.

Shuningdek «Do‘stlikdonmahsulotlari» AJ tarkibida ikkita urug‘chilik sexi bor. Do‘stlik tumanida joylashgan birinchi raqamli urug‘chilik sexi 2001 yilda, ikkinchi raqamli urug‘chilik sexi esa 2017 yilda qurib ishga tushirilgan.

«Do‘stlikdonmahsulotlari» AJ zamon bilan birgalikda odimlash va xalqimiz dasturxoniga sifatli un yetkazib berish maqsadida o‘z tarkibidagi turli korxonalarida aniq dasturlar asosida qayta rekonstruksiya ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

2013 yilda jamiyat tarkibidagi sutkasiga 250 tonna g‘allani qayta ishlaydigan tegirmon qayta rekonstruksiya qilindi.

«Do‘stlikdonmahsulotlari» AJ oxirgi yillarda xalqimiz dasturxoniga nafaqat un, balki sifatli non yetkazib berish ishlarini ham boshlab yuborgan. Shu maqsadda 2018 yilda Do‘stlik tumani «Manas» MFY hududida yiliga 730 ming dona, Mirzacho‘l tumani «G‘alaba» MFY hududida yiliga 780 ming dona non ishlab chiqarish quvvatiga ega non pishirish korxonalarini ishga tushirdi.

— Bugungi kunda «Do‘stlikdonmahsulotlari» AJda jami 298 nafar ishchi-xizmatchi mehnat qilmoqda. Bundan tashqari, biz har yili g‘alla o‘rimi boshlanishi arafasida yana 100 nafardan oshiq odamni mavsumiy ishga qabul qilamiz. Ular g‘allani qabul qilish, quritish va omborlarga joylash ishlarida yordamlashadi.

Ishchilarimizga odatdagi ish kunlarida bepul tushlik tashkillashtirilgan. G‘alla o‘rimi paytida ishlar ikki smenada ham olib berilishi munosabati bilan ularga uch mahal issiq ovqat tayyorlab beriladi.

So‘nggi yillarda sohaga berilayotgan e'tibor tufayli ishchi-xizmatchilarning maoshlari salmoqli oshirildi. Ularga qulay shart-sharoitlar yaratildi, — deydi korxonaning ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Umar Omonov.

Bugun korxona laboratoriyasida qabul qilinayotgan g‘allaning sifatini tekshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bundan tashqari, «Do‘stlikdonmahsulotlari» AJ pandemiya sharoitida aholining kam ta'minlangan qatlamiga yordam berish maqsadida 100 nafar oilaga 1 mln so‘mdan mablag‘ ulashdi. Shuningdek, qo‘shni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan jabr chekkan xonadonlarga un va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Korxonada ertangi kunga ishonch bilan vatan ravnaqi yo‘lida bahamjihat, halol mehnat qilish qadriyat darajasiga yetgan. Shu sababli, «Kuch birlikda» shiori ostida kelajak tomon qadam tashlayotgan «Do‘stlikdonmahsulotlari» AJning xayrli ishlari yanada quloch yoyaveradi.

«Do‘stlikdonmahsulotlari» AJ

Reklama huquqi asosida

Top