18:54 / 22.07.2020
7029
Kurashishdan charchamang, sizni qo‘llab-quvvatlovchilar bor! Oqqonga chalingan bemorlarga ko‘mak beraylik

Kun.uz sayti ijodkorlari oqqonga chalingan bemorlar xayriyalarini yoritish bilan muntazam ravishda shug‘ullanib keladilar. Saxovatli xalqimiz esa, bu bemorlar va ularning yaqinlarini noumid qilmay, hamisha yordam qo‘lini cho‘zadilar.

Bugun ham e'tiboringizga yordamga muhtoj uch qiz haqida hikoya qilmoqchimiz.

 Ilk bemorimiz, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidan Yasmina Nusratullayeva bo‘ladi. Endigina bir yoshni to‘ldirgan Yasmina leykozdek og‘ir dard bilan olishmoqda.

– 2020 yilning 9 martida Toshkentga, Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga keldik. Shu yerda qizimga oqqon tashxisi qo‘yildi, o‘sha paytdagi holatimni tasvirlab bera olmayman...

Ona uchun bolasining dardidan og‘ir dard yo‘q. Kimyo terapiyalari bolamni bir burda qilib qo‘ygan, har kuni qimmat dorilar qabul qilishimiz kerak. Oilamiz o‘rtahol, bu kasallik esa boylarni ham qiynaganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rayapman. Bizga yordam berganlarga Alloh baraka bersin, – deydi onasi Gulzoda Davronova ko‘zida yosh bilan.

Yasmina Nusratullayevaga oid ma'lumotlar:

Plastik karta: 8600 0417 2864 4072 (Agrobank, dadasi Yashnar Xo‘jaqulov nomida)

Sberbank: 5469 3800 6495 4323 (Amakisi Shavkat Xo‘jaqulov nomida)

Telefon raqami: +99899 038 37 52

 Namanganlik Murodxon Turg‘unov ham o‘z qizi Soliha Otaxonovaning oqqonga chalingani munosabati bilan xayriya so‘rab murojaat qildi.

– Bu kasallikka hech kim chalinmasin ekan, olti yashar qizginamni bir oyda cho‘ktirib qo‘ydi. O‘zi ikki farzandim bor, Soliha kattasi. Ota-ona uchun farzanding azob chekayotganini ko‘ra turib, yordam berolmaslikdan og‘iri yo‘q ekan. Shukr, shifokorlarimiz omon bo‘lishsin, qo‘llaridan kelganicha davolashayapti. Ammo karantin bo‘lib, ishlar sekinlashib, nihoyatda qiynalib ketdik. Qisqa vaqt ichida katta xarajat ortidan anchagina qarz bo‘ldik. Saxovatli insonlar ko‘maklarini ayamasinlar, – deydi Murodxon.

 Soliha Otaxonovaga oid ma'lumotlar:

Plastik karta (Click, Payme): 8600 0417 3155 6305 (Agrobank, otasi Murodxon Turg‘unov nomida)

Sberbank mastercard: 5336 6901 2908 5314 (qarindoshi Abdurashid Abdulaziz o‘g‘li nomida)

Paynet: +99890 0373343

Telefon: +998973742927

 So‘nggi murojaat yanayam o‘yga toldiradi. Aka o‘z jigari – singlisi uchun xayriya uyushtirishimizni so‘radi.

– Biz Baxmaldan kelganmiz, – deydi Yo‘ldoshali G‘ofurov. Singlim Dilrabo Ibrohimova akam Islom Zulponovning qizi. Men uchun jigar baribir. Akam juda murakkab ahvolga tushib qoldi. Biz qishloq odamlarimiz, qo‘limiz u qadar uzun emas. 14 yashar singlimning kasalligi oilamizni qiynayapti. Butun qarindosh-urug‘lar qarab turgani yo‘q, kimdir molini, kimdir qo‘yini berdi. Lekin xarajatlar shu qadar kattaki, har qanday insonning belini bukib qo‘yadi. Akam bizdan yashirib yig‘laganlarini ko‘rsam, hech joyga sig‘may ketaman. Aziz yurtdoshlar, iltimos, singlim Dilraboni duo qiling, yordam bering.

 Dilrabo Ibrohimovaga oid ma'lumotlar:

UZCARD: 8600 0609 1228 1459 (Xalq banki, otasi Islom Zulponov nomida)

8600 1306 9879 6747 (Asakabank, akasi Fayziddin Zulponov nomida)

HUMO: 9860 0401 1188 3498 (akasi Fayziddin Zulponov nomida)

Sberbank: 5469 3800 7890 4637(tog‘asi Jo‘rabek Ernazarov nomida)

Onasining telefon raqami: +998941988325

 Aziz vatandoshlar! Bu bolalar ham bizning kelajagimiz, yurtimiz ertalari. Har bir inson bu dunyoga umid bilan keladi. Sinovlarga duch kelib qolgan bu qizlarga yordam qo‘lini cho‘zaylik.

Abror Zohidov tayyorladi.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top