10:46 / 22.07.2020
5404
M-34 avtomobil yo‘lining 91-kilometrida bir yo‘nalishda qatnov qismi yopildi

Transport vositalarining harakatlanishi "Termiz-Toshkent" yo‘nalishiga o‘tkazilib, bir yo‘nalishda tashkil etilgan.

M-34 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 91-kilometrida joylashgan ko‘prikning asos qismi cho‘kib, hozirgi vaqtda nosoz holga kelib qolganligi sababli kapital ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabariga ko‘ra, ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli ushbu yo‘lning "Toshkent-Termiz" yo‘nalishida qatnov qismi yopilib, transport vositalarining harakatlanishi "Termiz-Toshkent" yo‘nalishiga o‘tkazilib, bir yo‘nalishda tashkil etilgan.

“Yuqoridagilarni inobatga olib haydovchilardan mazkur hududdan harakatlanib o‘tish davomida yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilishlarini, harakatni tartibga soluvchining ishoralariga amal qilgan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top