15:03 / 22.07.2020
25417

Respublika bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni ma'lum qilindi

Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a'zosi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov karantinga olingan xonadonlar, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar yuzasidan ma'lumot berdi.

Hozirgi kunda respublika bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar 1 706 nafarni tashkil qiladi. Bu haqda respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi xodimi Jo‘shqin Qosimov xabar bergan.

22 iyul kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 706 nafarni tashkil qilmoqda. 

Ular:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58,
Andijon viloyatida — 136, 
Jizzax viloyatida — 22, 
Navoiy viloyatida — 40, 
Namangan viloyatida — 21, 
Samarqand viloyatida — 96, 
Sirdaryo viloyatida — 156, 
Surxondaryo viloyatida — 101,
Qashqadaryo viloyatida — 21, 
Toshkent viloyati — 637,
Toshkent shahrida — 413 nafar bemor uyda davolanmoqda. 

Bildirilishicha, ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilyapti. Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyuldan boshlab koronavirus kasalligi aniqlangan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berildi. Uyda davolanish amaliyotini o‘tayotgan bemorlar 10 kun davomida kuzatuvda bo‘ladi. Test natijalariga qarab, kuzatuv bekor qilinadi yoki davom ettiriladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top