19:07 / 22.07.2020
2453
Tailanddagi turizmga ixtisoslashgan kompaniyalar ommaviy ravishda yopilmoqda

 Yanvardan iyungacha muddatda mingdan ortiq kompaniyalar o‘z litsenziyalarini davlatga qaytarib bergan.

Foto: fotolia.com/ Dmitry Pichugin

COVID-19 pandemiyasi natijasida jahon turizm bozoridagi keskin pasayishlar ortidan Tailanddagi turoperatorlar biznesni ommaviy ravishda tark etmoqda. Bu haqda Bangkok Post gazetasi xabar bermoqda.

Xorijlik mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi firmalarning 30 foizdan ortig‘i, xususan, turoperatorlar, suvenir do‘konlari, restoranlar, ekskursiya avtobuslariga ega kompaniyalar aprelda faoliyatini to‘xtatgandi. Ularning aksariyati o‘z aktivlarini sota boshladi va yopilmoqda.

Tailand turoperatorlar assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, yanvardan iyungacha muddatda mingdan ortiq ana shunday kompaniyalar o‘z litsenziyalarini davlatga qaytarib bergan.

Tailandda xorijlik turistlarning yillik hajmi prognozi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80 foizga tushib ketdi.

Xabar qilinishicha, asosan xitoylik sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan firmalar muammoga duch kelgan.

Tailand sport va turizm vazirligining hisob-kitobiga ko‘ra, mamlakatda turizm sohasidagi korxonalarning 60 foizi yopilishi mumkin.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top