20:24 / 22.07.2020
5764

Turkmaniston Jahon savdo tashkilotida kuzatuvchi maqomini oldi

Turkmanistonning JSTga a'zo bo‘lish masalasi birinchi marta 2011 yilda Yevrokomissiyaning o‘sha paytdagi rahbari Joze-Manuel Barrozu tomonidan ko‘tarilgandi.

Turkmaniston Jahon savdo tashkilotida kuzatuvchi maqomini oldi, deb xabar berdi mamlakat tashqi ishlar vazirligi.

Xabarda qayd etilishicha, 22 iyul kuni Jahon savdo tashkiloti bosh kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

"Muhokamalardan so‘ng JST bosh kengashi a'zolari Turkmanistonga tashkilot kuzatuvchisi maqomini berish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qildi. Hozirda 164ta davlat JST a'zosi hisoblanadi. Turkmaniston kuzatuvchi davlat maqomini olgan 25-mamlakat bo‘ldi", - deyiladi Turkmaniston TIV xabarida.

Turkmanistonning JSTga a'zo bo‘lish masalasi birinchi marta 2011 yilda Yevrokomissiyaning o‘sha paytdagi rahbari Joze-Manuel Barrozu tomonidan ko‘tarilgandi. U Ashxobodga tashrifi chog‘ida Gurbanguli Berdimuhamedovga Jahon savdo tashkilotiga kirish uchun ariza berishni taklif qilgandi.

Top