15:34 / 23.07.2020
10665
Andijonda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

YTH yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 23 iyul kuni soat 10:00larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, Qurama MFY hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 485-kilometrida haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan F.A. “Neksiya 3” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Ushbu vaqtda yana bir haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan N.T. “Spark” rusumli transport vositasida harakatlanib kelib “Neksiya 3” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi A.A. hamda onasi, 1958 yilda tug‘ilgan F.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchisi 1986 yilda tug‘ilgan D.X. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya etishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top