10:53 / 23.07.2020
2945
Dunyoda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 15 milliondan oshdi

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 15 milliondan oshdi. Bu haqda onlayn tarzda hukumatlar bergan ma'lumotlar va rasmiy manbalar axboroti asosida statistikani taqdim etib borayotgan AQShning Jons Hopkins universiteti ma'lum qilgan.

Shu vaqtgacha 622 mingdan oshiq kishi koronavirus qurboni bo‘lgan.

So‘nggi paytlarda kasallanishlar soni butun dunyoda keskin oshib bormoqda. Kuniga 230-240 mingta yangi kasallanish holati qayd etilmoqda. Iyul boshida kuniga 180-190 mingta yangi holat qayd etilayotgandi.

  • Tasdiqlangan holatlar soni bo‘yicha hamon AQSh yetakchilik qilmoqda, bu mamlakatda koronavirusdan zararlanganlar soni 3,969 mln. Braziliya ikkinchi o‘rinda (qariyb 2,22 mln holat), uchinchi o‘rinda — Hindiston (1,19 mln holat), to‘rtinchi o‘rinda — Rossiya (789,1 ming holat), beshinchi o‘rinda — Janubiy Afrika Respublikasi (394,9 ming holat).
  • Dunyo bo‘yicha kasallanish holatlari soni 15,2 millionni tashkil etmoqda. Bir oy oldin, 28 iyun kuni kasallanish holatlari soni 10 millionlik nuqtadan o‘tgandi.
  • AQSh hukumati Pfizer kompaniyasiga koronavirus infeksiyasiga qarshi 100 mln doza vaksina tayyorlash va yetkazib berish uchun 1,95 mlrd dollar to‘lamoqchi. Hozirda vaksina klinik sinov bosqichida turibdi.
  • Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti olimlari antitanachalardan «kokteyl» tayyorlashgani, bu koronavirusni yo‘q qilishi mumkinligini aytib chiqishdi. Hozircha tadqiqotlar jonivorlarda o‘tkazilmoqda, oktabr oyida uni odamlarda klinik sinov qilish kutilmoqda. Tadqiqot ishtirokchilarining ma'lum qilishicha, preparat vaksina o‘rnini egallashi va kasallarni davolashda profilaktika sifatida qo‘llanishi mumkin.
  • Braziliyada pandemiya davrida kunlik zararlanish bo‘yicha rekord qayd etildi — 67 860 kishida infeksiya aniqlandi. Avvalgi rekord 19 iyun kuni qayd etilgan, o‘shanda Braziliyada 54 771 kishida koronavirus aniqlangandi.
Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top