15:10 / 23.07.2020
5938
Dunyodagi eng kuchli o‘yin smartfoni taqdim etildi

Asus kompaniyasi ROG Phone 3 o‘yin smartfonini taqdim etdi, deb xabar bermoqda GSMArena nashri.

Qurilma 6,59 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan bo‘lib, ekran o‘lchami 2340 x 1080 pikselga teng. Smartfonga Snapdragon 865+ chipi va 16 gigabayt operativ xotira o‘rnatilgan, shu bois u dunyodagi eng kuchli smartfonlardan biri hisoblanadi. Uning ichki xotirasi 512 gigabaytni tashkil etadi.

Qurilmaning orqa qismida 8K shaklida video suratga olish imkonini beruvchi 64, 13 va 5 megapikselli uchta kamera joylashgan. ROG Phone 3 6000 milliamper-soatga teng akkumulyatorga ega. 

ROG Phone 3 smartfoniga maxsus o‘yin aksessuarlarini ulash mumkin.

Mazkur devaysning bahosi 8 gigabaytli versiyasi uchun 800, top-modeli uchun esa 1100 yevro deb belgilangan.

Top