14:50 / 23.07.2020
39705
Koronavirusning og‘ir shakliga chalinganlarda qanday alomatlar saqlanib qolishi mumkinligi haqida ma'lumot berildi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar organizmida saqlanib qolishi mumkin bo‘lgan alomatlar haqida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, infeksiyasiyaning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar organizmida tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi poliorgan o‘zgarishlar yuzaga keladi.

«Buning natijasida kasallikdan tuzalgandan keyin ba'zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining 20-30 foizga kamayishi, alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimani yuzaga kelishi sababli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkin. Bu esa harsillash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi.

Bundan tashqari, ba'zi bemorlarning yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab tizimida xam patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin», dedi Otabekov.

U brifing davomida shuningdek, koronavirusning yengil formasidan tuzalgan bemorlarda qolishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida ham gapirdi.

«Turli tasdiqlanmagan manbalarda koronavirusdan davolangandan so‘ng miya yemirilishi, bepushtlik kabi asoratlar qoladi, degan ma'lumotlar tarqamoqda. 

Kasallikning tibbiy patogenezi bilan tanishmagan holda bunday gaplarni tarqatish noo‘rin. Koronavirusning yengil shaklini boshdan kechirgan bemorlarda kasallikdan tuzalgandan keyin deyarli asoratlar kuzatilmayapti», dedi u.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top