16:12 / 23.07.2020
8755

Kuchli ta'sir etuvchi dori vositalarini retsepsiz sotganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Foto: Depositphotos

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 1 mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 19 iyunda ma'qullangan.

Jinoyat kodeksi 186-3-modda (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) beshinchi qism bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, shunday harakat uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa - bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi "Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida"gi PQ-4438-sonli qarorining 4-bandiga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlikni takomillashtirishga oid, shu jumladan retsept bo‘yicha dori vositalarini berish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Top