17:41 / 23.07.2020
10925
OTM talabalari uchun o‘qishni ko‘chirish tartibi e'lon qilindi

Vazirlik talabalar uchun o‘qishni ko‘chirish tartibini e'lon qildi.

Foto: PhotoXpress

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun jarayonning tartibini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, xorijiy OTMlarda onlayn o‘qiyotganlar o‘qishni respublikadagi oliy ta'lim muassasalariga ko‘chira olmaydi.

Oliy ta'lim vazirligi e'lon qilgan ro‘yxatda quyidagi tartiblar tasdiqlangan.

Kunduzgi ta'lim shaklida o‘qiyotganlar o‘qishni OTMlardagi kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shaklidagi yo‘nalishlarga ko‘chirishlari mumkin. Maxsus sirtqi va qo‘shma ta'lim dasturidagi ta'lim shaklidagi yo‘nalishlarga esa kunduzgi ta'limdan o‘qishni ko‘chirib bo‘lmaydi.

Qo‘shma ta'lim dasturlari asosida ta'lim olayotganlar ta'limni boshqa OTMga ko‘chira olishmaydi. Kechki ta'limda o‘qiyotganlar boshqa OTMning faqat kunduzgi va sirtqi yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishlari mumkin. Kechki ta'limda o‘qiyotganlar faqat bir OTM doirasida boshqa fakultetning kechki yo‘nalishiga ta'limni ko‘chirishi mumkin.

Top