17:19 / 23.07.2020
30562
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 10 mingdan oshdi

Bugun ayni paytga qadar respublikaning 6 hududida jami 130 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 10002 nafarga yetdi.

Tuzalganlar (+130)

  • Toshkent shahrida 48 nafar;
  • Navoiy viloyatida 27 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 21 nafar;
  • Namangan viloyatida 20 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 7 nafar;
  • Jizzax viloyatida 7 nafar.

Bugun hozircha 324ta yangi holat aniqlandi va jami holatlar soni 18703taga yetdi.

Yangi holatlar

  • Toshkent shahrida 102 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 84 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 34 holat;
  • Samarqand viloyatida 34 holat;
  • Namangan viloyatida 16 holat;
  • Buxoro viloyatida 19 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 15 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 13 holat;
  • Toshkent viloyatida 7 holat.

Bugun 19 iyul kuniToshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan 55 yoshli R.Sh va 18 iyul kuni shu klinikaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va sun'iy nafas berish apparatiga ulangan 82 yoshli M.K vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 100taga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 8 601 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 22 iyul kuni O‘zbekistonda kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etilgan, kun davomida 351 bemor kasallikdan sog‘aygani tasdiqlangandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top