15:31 / 23.07.2020
15186
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qilgani ma'lum bo‘ldi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 97,2 trillion so‘mni tashkil etgan.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qilgani ham ma'lum bo‘ldi.

Bildirilishicha, Qashqadaryoda eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (619,2 ming tonna mahsulot), Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (544,3 ming tonna).

Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (285,4 ming tonna) bo‘lsa, Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (54,9 ming tonna).

Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (233,4 ming tonna), Surxondaryoda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (12,6 tonna), Toshkent viloyatida eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (141,7 ming tonna).

Qayd etilishicha, Samarqandda eng ko‘p – 615,7 ming tonna sut olingan, Toshkent viloyatida eng ko‘p – 635,5 million dona tuxum olingan, Xorazmda eng ko‘p – 5607 tonna baliq ovlangan.

Qashqadaryoda 1562,8 ming bosh yirik shoxli qoramol bor, Qashqadaryoda 4589 ming bosh qo‘y va echkilar bor, Toshkent viloyatida eng ko‘p – 50253 bosh otlar bor.

Top