15:50 / 23.07.2020
4992

Turkiya maktablarni ochish bo‘yicha 4 ssenariy ustida ishlamoqda

Turkiya Xalq ta'limi vaziri Ziyo Selchukning so‘zlariga ko‘ra, 31 avgust kuni maktablarni ochish bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari tugallandi, ammo yakuniy qaror Vazirlar Kengashi tomonidan epidemiya sohasidagi joriy o‘zgarishlar fonida qabul qilinadi.

Foto: Getty Images

CNN Turk nashri mehmoni bo‘lgan vazir quyidagi to‘rt ssenariyga e'tibor qaratdi:

1. Cheklovsiz ta'lim. Ushbu ssenariyga ko‘ra, maktablar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq ochilishi kutilmoqda.

2. Onlayn ta'lim. Mazkur ssenariy o‘qishni to‘liq internet orqali davom ettirishni ko‘zda tutadi. Ta'lim vaziri ushbu ssenariy bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilganini ta'kidladi.

3. «Eritilgan» ta'lim. Ushbu ssenariy bo‘yicha, maktablar ma'lum kunlarda ochiladi, shu bilan birga, sinfdagi o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi va ular turli kunlarda maktabga borishadi, dars soatlari ham kamayadi. Ba'zi darslar esa internet orqali olib boriladi.

4. Xavfli mintaqalarda ta'lim. Virusga chalinish holatlari ko‘p bo‘lgan va epidemiya xavfi yuqori viloyatlarda ta'limda cheklov o‘rnatiladi, boshqa viloyatlarda esa cheklovsiz ta'lim beriladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top