10:02 / 24.07.2020
5853
Andijonda uch nafar o‘smir tomonidan jinoyat sodir etildi 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 20 iyul kuni soat 21:30da Andijon viloyati Andijon tumani Gumbaz MFY hududida fuqaro 21 yoshli J.J., 20 yoshli M.K. va 19 yoshli A.I. bir guruh bo‘lib, M.K.ning boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinada 36 yoshli D.Z.ni kuzatishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular ushbu fuqaroni “Milliy hammom” binosi yonida to‘xtatib, (hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatishib) D.Z.ning yuz qismiga urib, yonida bo‘lgan narxi 1.400.000 so‘mlik 1 dona Samsung A-10 rusumli uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida J.J., M.K. va A.I. ushlanib, ulardan Samsung A-10 rusumli uyali telefon apparati xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.     

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha J.J., M.K. va A.I.ga JKning 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) bilan ayb e'lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Top