15:00 / 24.07.2020
20607
Reklama

Jahon brendi bo‘lmish TECNO Mobile smartfonlari O‘zbekistonda sotuvga chiqdi

Foto: TECNO Mobile

TECNO Mobile endi O‘zbekistonda – sotuvlar allaqachon boshlangan

O‘zbekistonning smartfonlar bozorida yangi mahsulot: endi iste'molchilar mashhur TECNO Mobile brendining markazdan suratga oluvchi kameraga ega qurilmalarini xarid qilishlari mumkin.

2006 yilda Hongkongda asos solingan TECNO Mobile bugungi kunda dunyoning 60 dan ortiq rivojlanayotgan bozorlarida taqdim etilgan. Brend nafaqat o‘zining ishlab chiqarish quvvatiga, balki R&D markazlariga ham ega. Shuningdek, u so‘nggi o‘n yillikda tadqiqotlar sohasiga jiddiy sarmoyalarni amalga oshirdi va takomillashtirilgan kameralar, yuqori sifatli ekranlar va katta sig‘imli batareyalarga ega arzon va sifatli telefonlar yaratish bo‘yicha bozorda o‘z o‘rnini topdi.So‘nggi yillarda brend doimiy ravishda o‘sdi va dunyodagi eng yirik smartfonlar yetkazib beruvchilari o‘ntaligidan joy oldi hamda yuqori sifatli AI-kamerali arzon yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassisga aylandi.Bugungi kunda TECNO Mobile turli xil daromad darajasiga va ehtiyojlariga ega bo‘lgan mijozlar uchun zamonaviy, moslashtirilgan mobil qurilmalarni taklif etmoqda va bu uning asosiy biznes falsafasi hisoblanadi.

TECNO Mobile mahsulotlar portfeli smartfonlar, mobil telefonlar, aksessuarlar, planshetlarni o‘z ichiga olgan.

2016 yildan buyon TECNO Mobile Angliyaning “Manchester City” futbol klubining rasmiy hamkori hamda planshetlar va smartfonlar yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

TECNO Mobile smartfonlarining muhim afzalligi bu – 13 oylik kengaytirilgan kafolat muddatiga va butun dunyo bo‘ylab barcha qurilmalar uchun kafolatdan keyingi rasmiy xizmat ko‘rsatishga alohida e'tibor qaratgani. Bundan tashqari, kompaniyaning smartfonlari Google Mobile Services (GMS) tomonidan sertifikatlangan. Bu esa qurilmalarning Googleʼning barcha talablariga javob berishini va telefonlarga o‘rnatilgan operatsion tizim doimiy ravishda va o‘z vaqtida yangilanishi va to‘g‘ri ishlashining tasdig‘idir.

TECNO Mobile smartfonlari modellari qatori yoshlarbop modellar, bonus modellar, juda arzon yechimlar va markazdan suratga oluvchi kameraga ega mahsulotlarni birlashtiradi.

Bugungi kunda TECNO Mobile O‘zbekistonda o‘zining allaqachon qo‘shni Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Belarusda muvaffaqiyatga erishgan bir qator ikki SIM-kartali modellari – Pouvoir 3 Air, Spark 4, Camon 12 va Camon 12 Air smartfonlarini taqdim etmoqda.

Pouvoir 3 Air smartfonining o‘ziga xos xususiyati uning kuchli batareyaga egaligidir – telefonning bir marta to‘liq zaryadlanishi odatiy ish tartibida to‘rt kun ishlashi uchun yetadi.Ushbu smartfonda ingichka romli 6 dyuymli Full View ekrani, barmoq izi skaneri va yuz orqali ochish imkoniyati mavjud. Ikkala SIM-karta ham bir vaqtning o‘zida 4G LTE tarmog‘iga ulanishi mumkin – shu tariqa uyali aloqa operatorlaridan birida texnik nosozliklar bo‘lgan holatda ham telefon internetga ulana oladi.

bu yoshlar uchun mo‘ljallangan Spark modellari qatoridagi smartfon bo‘lib, u yorqin gradiyentli dizaynga, “tomchi” shaklidagi kesimga ega yuqori sifatli displey va suratga olish sahnalarini aqlli aniqlashni qo‘llab-quvvatlaydigan uchtalik AI-kamerasiga ega.Ushbu telefonda boke rejimi hatto jamoaviy fotosuratlar uchun ham mavjud, HDR 2.0 esa obektlarning yorug‘lik va ravshanlik darajasini tenglashtiradi va har qanday yorug‘likda yaxshi detallashtirilgan yuqori sifatli tasvirlarni olishga imkon beradi.

Camon seriyasidagi smartfon – bu o‘ziga xos uslubga ega zamonaviy, sifatli kamerali telefonlar bo‘lib, ular yordamida katta hajmdagi suratga olishni amalga oshirish, 120° li ko‘rish burchagiga ega keng burchakli fotosuratlar olish, boke rejimida suratga tushirish va turli suratga olish sharoitlarida o‘ta aniq tasvirlar olish mumkin. Camon 12 smartfonida old kameraning ikki tomonlama sozlanadigan chirog‘i ekranda yashiringan bo‘lib, bu ish maydonini tejaydi, Camon 12 Air smartfonida esa, kamera ostidagi nuqtali kesim hisobiga displeyning ishlatiladigan maydonini maksimal darajada oshirishga erishilgan.Ushbu telefonlardagi retush rejimidan nafaqat fotosuratlar uchun, balki videoni suratga olish yoki video chat paytida ham foydalanish mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilgan modellarga qo‘shimcha ravishda, iyul oyida O‘zbekiston bozorida hatto eng kam daromadga ega iste'molchilar uchun ham hamyonbop narxlarda bo‘ladigan POP smartfonlarining super arzon modellari qatori, shuningdek yoshlarga mo‘ljallangan Spark seriyasidagi yangi modellar paydo bo‘ladi.

O‘zbekistonda TECNO mobile qurilmalarini qayerdan sotib olish mumkin?

IDEA do‘konlar tarmog‘i

Ideastore.uz

+998 (71) 230-77-99

GOODZONE do‘konlar tarmog‘i

Goodzone.uz

+998 (71) 207-03-07

ARENA markaz do‘konlar tarmog‘i

Arenamarkaz.uz

+998 (78) 129-22-99

MYCOM do‘konlar tarmog‘i

Mycom.uz

+998 (93) 511-80-08

Amalgama Savdo do‘konlar tarmog‘i

Amalgama.uz

+998 (74) 228-32-75

InterBrands elektronikalar do‘koni

Interbrands.uz

+998 (98) 000-50-30

TechnoTrade do‘konlar tarmog‘i

+998 99 307 20 20

Onlayn do‘konlar:

Olcha.uz

+998 (71) 202-202-1

Esavdo.uz

+998 (71) 200-92-00

Andbo.uz

+998 (97) 155−06−88

Asaxiy.uz

+998 (71) 200-01-05

Shuningdek, Toshkent shahridagi va respublikaning ko‘pgina viloyatlari markazlaridagi elektronika bozorlarida.

Reklama huquqi asosida

Top