07:43 / 24.07.2020
2659
Mirobod tumanidagi mebel sexida yong‘in kelib chiqdi

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan. 

Foto: Toshkent shahar FVB

Bugun, 24 iyul kuni soat 02:14larda Mirobod tumani, Avliyo Ota ko‘chasi 6 uyda joylashgan mebel sexida yong‘in kelib chiqqan

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida sexning ichki va tom qismi 100 kv.m maydonda yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 02:22da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 02:46da bartaraf etilgan va sexning 100 kv.m maydondan ortiq qismi saqlab qolingan. 

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Top