19:36 / 24.07.2020
6796
Oltinning narxi 2011 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi

24 iyul kuni oltinning narxi troy unsiyasiga (31,1 gramm) 1900 dollardan oshdi. Bu 2011 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Foto: DPA

Nyu-York tovar birjasi bo‘limi hisoblanadigan Comex birjasidagi savdolar natijasida qimmatbaho metallning narxi o‘tgan sessiyaga nisbatan 0,6 foiz o‘sib, troy unsiyasiga 1902 dollarni tashkil qilgan

Avvalroq tahlilchilar koronavirus pandemiyasi tufayli oltinning narxi 1900 dollarga yetishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Ularning fikriga ko‘ra, infeksiya nazorat ostiga olinmasa, dunyo iqtisodiyotining o‘sishi keskin pasaysa, qimmatbaho metallning narxi yanada oshadi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida oltinning narxi 1700 dollardan oshib, 2012 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan edi. Iyul oyida esa uning qiymati 100 dollarga qimmatladi va troy unsiyasiga 1810 dollarni tashkil qildi. 

Ekspertlarning ta'kidlashicha, oltin ishonchli aktiv sifatida koronavirusning ikkinchi to‘lqini oldidagi qo‘rquv ta'sirida qimmatlab ketgan.

Top