11:42 / 24.07.2020
7826

Xitoy Chendu shahridagi AQSh bosh konsulligini yopishni talab qildi

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi «diplomatik urush» davom etmoqda.

Foto: AP

Xitoy hukumati Sichuan viloyatidagi Chendu shahrida joylashgan AQSh bosh konsulligi faoliyatining to‘xtatilishini talab qildi, deb xabar berdi RIA Novosti Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib.

Vazirlik bu talabning qonuniy va zaruriy javob ekanini, shuningdek, yuz berayotgan voqealar bo‘yicha javobgarlik Vashington zimmasida ekanini ta'kidladi.

Avvalroq AQSh Hyuston shahridagi Xitoy bosh konsulligini yopishni talab qilgan edi. Davlat departamentining rasmiy vakili Morgan Ortagus amerikaliklarning intellektual mulki va shaxsiy ma'lumotlari himoyasini ta'minlash maqsadida hukumat shunday topshiriq berganini aytdi.

Xitoy TIV buni siyosiy provakatsiya deb, javob choralarini ko‘rishni va'da qilgan edi.

Top