17:00 / 25.07.2020
5815
«E-IJRO AUKSION»: daryo o‘zanlarini tozalash huquqi bo‘yicha savdolar qizg‘in o‘tmoqda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali bugungi kunda 14 yo‘nalishda savdolar shaffoflik tamoyillariga asosan tashkil etib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 iyuldagi «Ichki bozorni qum-shag‘al materiallari bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-3841-son qarori ijrosini ta'minlash hamda daryolar o‘zanlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlariga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish tartibini joriy etish maqsadida 2018 yildan boshlab ushbu ruxsatnomalar elektron auksion orqali realizatsiya qilina boshlandi.

2020 yilning 6 oyi davomida boshlang‘ich narxi 10,5 mlrd so‘m bo‘lgan 28ta daryo o‘zanlarini tozalash huquqi 11,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Iyul oyida savdo maydonchasi orqali daryo o‘zanlarini tozalash huquqi faol tarzda realizatsiya qilindi. Buni 15 iyul kuni o‘tkazilgan savdolar yaqqol ko‘rsatdi:

  • Namangan viloyatining Namangan tumani Shamsiko‘l MFY va Andijon viloyatining Baliqchi tumani hududlaridan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanini (1-uchastka) tozalash bo‘yicha ishlab chiqilgan boshlang‘ich narxi 350,1 mln so‘m bo‘lgan loyihani amalga oshirish huquqi uchun auksion savdosida 2,3 mlrd so‘m narx tasdiqlandi. G‘olib 2023 yilning 1 martiga qadar loyiha bo‘yicha 78500 metr kub qum-shag‘al zaxirasini qazib olishi mumkinligi belgilangan.
  • Namangan viloyatining Namangan tumani Shamsiko‘l MFY va Andijon viloyatining Baliqchi tumani hududlaridan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanini (3-uchastka) tozalash bo‘yicha ishlab chiqilgan boshlang‘ich narxi 301 mln so‘m bo‘lgan loyihani amalga oshirish huquqi uchun auksion savdosida 1,2 mlrd so‘m narx tasdiqlandi. G‘olib 2023 yilning 1 martiga qadar loyiha bo‘yicha 67500 metr kub qum-shag‘al zaxirasini qazib olishi mumkinligi belgilangan.

Hozirgi kunda e-auksion.uz elektron savdo maydonchasida 7ta daryo o‘zanlarini tozalash huquqi savdoda turibdi. Siz ham ushbu huquqni qo‘lga kiriting!

«Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» PR xizmati

Top