08:17 / 25.07.2020
6439
Jizzaxda bir kunda o‘lim bilan bog‘liq 2ta YTH sodir bo‘ldi

Har ikki holat bo‘yicha hodisa joyida tergov tezkor guruhi ishlamoqda.

2020 yil 24 iyul kuni soat 16:00da 21 yoshli S.B. boshqaruvidagi "ZIL-MM-34502 SPG" rusumli transport vositasida Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi bo‘ylab Sayxon mahallasi tomonidan Jizzax shahriga qarab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u tanishlari, 18 yoshli A.S. va B.V. 200 metrdan keyin tushib qolish sharti bilan avtomashinaning kabinasiga chiqish uchun mo‘ljallangan maxsus zinasida yuk mashinasining tashqi tomonida tik turgan holda ketayotganlarida vaqtida fuqaro 18 yoshli A.S. transport vositasini to‘xtashini kutmasdan sakraganida, yo‘lning asfalt qoplamasi ustiga boshi bilan yiqilishi oqibatida, olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

2020 yil 24 iyul kuni soat 17:00da 33 yoshli O.J. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasida G‘allaorol tumani tomondan Marjonbuloq shaharchasiga qarab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

U Lalmikor MFY hududida 4R-43A yo‘lining 10-km.da yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 5 yoshli T.E. (qiz)ni avtomashinaning old chap qismi bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda, T.E. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan T.E. shifoxonada vafot etgan.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha hodisa joyida tergov tezkor guruhi ishlamoqda.

Top