22:13 / 25.07.2020
26359
Koronavirusni bir zumda aniqlaydigan asbob ixtiro qilindi

Amerikalik olimlar koronavirusni bir zumda aniqlaydigan asbobni ixtiro qilishdi.

Foto: EPA

Kolumbiya okrugidagi Jorj Vashington Universiteti olimlari yaratgan kichik uskuna bemorda koronavirus borligini deyarli bir zumda aniqlaydi, deb yozdi MedicalXpress portali.

Oltin bilan qoplangan nozik simlar gazsimon moddalarga reaksiya bildiradi va ular tarqatayotgan nurlarning rangini o‘zgartiradi. Asbobni ishlatish uchun detektorning yuzasiga reagent suriladi. Unga koronavirus zarralari tushganida, rangi o‘zgaradi. Bu jarayonni telefonning kamerasi orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Olimlar fikriga ko‘ra, bu ixtironining kelajagi istiqbolli. Uni yordamida bemorlarning ma'lumotlar bazasini yaratib, bulutli servislarda saqlash mumkin bo‘ladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top