14:01 / 25.07.2020
3706
Sergelida sport maktabi hududida tez yordam shifoxonasi tashkil etilmoqda
Foto: Sergeli tumani hokimiyati

Sergeli tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududida 250 o‘ringa mo‘ljallangan tez yordam shifoxonasini bitkazish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Bu haqda tuman hokimiyati axborot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu tadbir Sergeli tumanida istiqomat qilayotgan fuqarolarni koronavirus infeksiyasidan himoya qilish, kasallikni barvaqt oldini olish, davolash jarayonlarini amalga oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shomurodov va tuman rahbarlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan chora-tadbirlar natijasida o‘lim holatlari yuz bergani uchun aholidan telemurojaat orqali uzr so‘ragandi. 

Murojaatda hokim tumandagi 13-oilaviy poliklinikada Covid-19 markazi tayyorlanganini e'lon qilgan. Oilaviy poliklinikalar huzurida tashkil etilgan quyidagi ishonch telefoni raqamlariga koronavirus bo‘yicha murojaat qilish mumkinligi ma'lum qilingandi:

(97) 410-56-57, (97) 784-57-58, (99) 030-07-37, (97) 742-57-58, (99) 898-18-08, (97) 729-57-58, (97) 146-57-58, (97) 264-57-58, (97) 783-57-58, (97) 143-57-58

19 iyul kuni Toshkent shahrining uch hududida – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasida, Chilonzor tumanidagi xususiy klinikada va «O‘zekspomarkaz»da koronavirusga gumon qilingan fuqarolarni qabul qilish maskanlari tashkil etilgandi. Bu maskanlar koronavirusga chalinganlikda gumon qilinayotganlarni vaqtincha saqlab turish, kasallik tasdiqlangan taqdirda davolash uchun tibbiyot muassasasiga yo‘naltirishga mo‘ljallangan.

Top