19:54 / 25.07.2020
14703
Tojikiston Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklashini ma'lum qildi

 Hozirda Tojikiston va Rossiya o‘rtasida faqat charter reyslar amalga oshirilmoqda.

Foto: Shutterstock

 Tojikiston Rossiya tomonini mamlakat hukumati Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilganidan xabardor qildi. Bu haqda mamlakat TIV axborot va matbuot departamenti vakili ma'lum qildi.

"Biz Tojikiston hukumatining RF bilan aviaqatnovlarni tiklash qarori haqida Rossiya tomonini rasman xabardor qildik", - dedi u.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya tomonining javobi kutilmoqda.

"Rossiya bilan aviaqatnovlar tiklanishi jarayoni sanitariya me'yorlari va epidemiyaga qarshi talablarga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi", - dedi u.

 Hozirda Tojikiston va Rossiya o‘rtasida faqat charter reyslar amalga oshirilmoqda.

Rossiya 1 avgustdan xalqaro aviaqatnovlarni tiklashini ma'lum qilgan.

Top